O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi PQ-3607-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 556-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Inqirozga qarshi kurashish Respublika komissiyasining 2020-yil 19-maydagi 24-sonli yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-271-sonli qarorlari bilan Samarqand viloyatida 69 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2022-yil 30-noyabrdagi №-685 sonli qarorining 4-bob 41 bandida KSZ va YoSTZlarining bo‘sh turgan yer maydonlarini direksiyaning taklifi bilan tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan auksion savdolariga chiqarilishi belgilab berilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori taxririda sanoat zonalaridan E-auksion orqali yer maydonlari yutib olgan tashabbuskorlar hamda tuman (shahar) hokimilklari o‘rtasida yer ijara shartnomasi elektron shaklda tuzilishi hamda tashabbuskorlar va yagona direksiya o‘rtasida investitsion majburiyat bitimi tuzilishi belgilab berilgan. Ushbu KSZ zonalari barcha infratuzilma obyektlari bilan to‘liq ta’minlab beriladi: - Kichik sanoat zonalarini yer maydonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining qaroriga asosan E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali yer maydonlarini olishlari munkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli qaroriga asosan, Samarqand viloyatning shahar va tumanlarida 16 ta “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari” tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoniga asosan, viloyatlarda kichik sanoat zonalari va yoshlar tadbirkorlik sanoat zonalari yagona Direksiyaga birlashtirildi.