Korrupsiya jamiyat va iqtisodiyot rivojiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi eng katta g‘ovlardan biridir. U adolat tamoyillarini buzadi, davlat tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu maqsadda, barcha jarayonlarda halollik va adolatni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilish orqali ushbu illatni bartaraf etish barchamizning umumiy vazifamizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 392-sonli qaroriga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahrida rangli metallni qayta ishlash yo‘nalishida yangi investitsiya loyihasi doirasida “METALL SOLUTION INTERNATIONAL 7777” MChJ korxonasini ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida loyiha doirasida olib borilgan qurilish ishlari to‘liq yakunlanganligi aniqlandi. Hozirgi kunda korxonada zamonaviy uskunalarni o‘rnatish hamda ishga tushirish (ishga sozlash) jarayonlari jadal olib borilmoqda.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida hududda sanoat salohiyati yanada oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda rangli metall mahsulotlarini qayta ishlash hajmi kengayishi kutilmoqda.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” kichik sanoat zonasida yangi umumiy qiymati 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
Mazkur loyiha doirasida “UNIVERSAL SERVICES 7777” MCHJ hamda “GOLDEN KONTEYNER” MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash yo‘nalishida zamonaviy ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Loyiha doirasida foydalanilayotgan barcha zamonaviy texnologik uskunalar Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu loyiha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulotlarni zamonaviy talablar asosida qayta ishlash hamda qadoqlash hajmini oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlashga muhim hissa qo’shadi.
Samarqand viloyat prokuraturasi, Sanoat zonalari direksiyasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Kadastrlar palatasi mas’ullari hamkorligida sanoat zonalari ishtirokchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi “Kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 432-son qarori mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga qaror doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar, yer maydonini xususiylashtirish tartiblari, davlat aktivlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari X. Samiyev, Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Pastdarg‘om tumani hududidagi sanoat zonalarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, investitsiya loyihalarining bajarilish holati, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish muddatlari hamda to‘xtab qolgan loyihalar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud to‘siqlar muhokama etildi.
Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Sanoat zonalari direksiyasi direktori D.Xabibullayev hamda Nurobod tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda ishga tushirish, turli sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan loyihalarni qayta tiklash va jadallashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Loyihalarni samarali amalga oshirish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv sanoat zonalarida ishlar samaradorligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” sanoat zonasida viloyat prokuraturasi hamda Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari borishi, belgilangan tartibda ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi hamda amaldagi qonunchilik va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarning qonuniyligi, sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.