OHALIK YOSHLAR SANOAT VA TADBIRKORLIK ZONASIDA YO‘L INFRATUZILMASI YAXSHILANDI

9-Oktabr, 2026-yil

 

 

Samarqand tumani Ohalik MFY hududidagi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yangi avtomobil yo‘li qurilib, foydalanishga topshirildi.

 

Mazkur ishlar Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2026-yil uchun tasdiqlangan manzilli dastur asosida amalga oshirildi.

 

Umumiy qiymati 3,4 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida uzunligi 1 645 metr, umumiy kengligi 9 metr va qatnov qismi kengligi 7 metr bo‘lgan avtomobil yo‘li barpo etildi. Yo‘lga 12 santimetr qalinlikda asfalt qoplamasi yotqizildi.

 

Yangi yo‘lning foydalanishga topshirilishi sanoat va tadbirkorlik zonasi hududida transport qatnovini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay infratuzilma yaratish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech