Urgut tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o’rganildi.
Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Vaxabov, viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tashkiliy masalalar, monitoring tahlil sektori mudiri I.Berdiyorov tomonidan Urgut tumanidagi "Sariqtepa" kichik sanoat zonasi ishtirokchilari bilan joyiga chiqqan holda o'rganish ishlari olib borildi.
Xususan,Urgut tuman hokimligining tegishli mas’ullari bilan birgalikda "Sariqtepa" kichik sanoat zonasida
-loyihalarning bajarilishi,
-bugungi kundagi holati,
-mavjud muammolar va takliflar,
joyiga chiqqan holda o’rganildi.
Shuningdek, kichik sanoat zonasi ishtirokchilarining muammo va takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda tegishli vazifalar belgilanib olindi.