Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM ga yangi rahbar tayinlandi
Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Xabibullayev Dilshod Ismailovich Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar D. Xabibullayev Samarqand shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.