Narpay tumanidagi Kichik sanoat zonasida yangi suv tarmog‘i ishga tushirildi.
Narpay tumanining “Baxt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan kichik sanoat zonasida suv tarmog‘i qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 1,3 milliard so‘mni tashkil etib, 1,5 kilometr uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, texnik jihozlar o‘rnatildi va tarmoqning uzluksiz ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Yangi infratuzilmaning ishga tushirilishi natijasida sanoat zonasida faoliyat boshlayotgan korxonalar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim qadam amalga oshirildi. Shuningdek, hududda ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va yangi loyihalarni jalb etish uchun mustahkam zamin yaratildi.