Kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida muammolar o‘rganildi

4-Dekabr, 2025-yil

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi direktori D. Xabibullayev Jomboy hamda Bulung‘ur tumanlaridagi kichik va yoshlar sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida sanoat zonalaridagi mavjud holat, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jarayonlari, shuningdek, bir qator yechilishi zarur bo‘lgan masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Direksiya rahbari har bir masalani alohida ko‘rib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab turgan korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ishga tushmay qolgan loyihalarni faollashtirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Uchrashuv yakunida sanoat zonalarida samarali faoliyat yuritish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech