Payariq tumani “Xalqobod” sanoat zonasiga 30 km tabiiy gaz tarmog‘i tortilmoqda
Payariq tumanida sanoat hududlarini energiya resurslari bilan ta’minlash maqsadida yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, “Xalqobod” sanoat zonasiga 30 kilometr uzunlikda tabiiy gaz tarmog‘i qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha uchun 5,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Loyihaning amalga oshirilishi “Xalqobod” kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushishi, korxonalar faoliyatining kengayishi va hudud iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.