Nurobod tumanidagi sanoat zonalarida loyihalar o‘rganildi

5-Dekabr, 2025-yil

Nurobod tumanida joylashgan sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar Direksiya direktori D. Xabibullayev tomonidan o‘rganildi. Tashrif davomida faoliyati to‘xtab qolgan, qurilish jarayonlari boshlangan hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar holati batafsil ko‘zdan kechirildi.

Direktor har bir loyiha bo‘yicha tadbirkorlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kechikish sabablari va texnik-texnologik talablar bo‘yicha takliflarni tingladi.

Uchrashuv davomida ishlab chiqarishni jadallashtirish, infratuzilma bilan ta’minlash, zarur hujjatlar va ruxsatnomalar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan ham topshiriqlar berildi. Mazkur o‘rganishlar sanoat zonalarida loyihalarning barqaror amalga oshirilishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech