Jomboy tumani “Naymantepa” kichik sanoat zonasida tadbirkorlar muammolari bartaraf etildi

6-Dekabr, 2025-yil

Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi rahbari D. Xabibullayev “Naymantepa” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan o‘rganish ishlari olib bordi. Jarayonda ularning qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayotgan masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Tuman hokimligi, kadastr va ekologiya bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan muhokamalar natijasida mavjud to‘siqlar bartaraf etildi. Tadbirkorlarning yer hujjatlari, loyiha tasdiqlari va ekologik talablar bo‘yicha yuzaga kelgan noaniqliklar joyida hal etilib, ularning qurilish jarayonini davom ettirishiga sharoit yaratildi.

 

Ushbu choralar kichik sanoat zonasida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va hudud sanoat salohiyatining oshishiga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech