Samarqand tumani “Oxalik” YSTZda yangi suv inshooti ishga tushirildi

9-Dekabr, 2025-yil

Samarqand tumani “Oxalik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida suv ta'minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi suv inshooti barpo etildi va foydalanishga topshirildi.

Loyiha doirasida 1,5 km uzunlikdagi suv tarmog‘i tortilib, sanoat zonasi ishtirokchilari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Qurilish ishlari uchun 1,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ushbu infratuzilma obyekti tadbirkorlarning ishlab chiqarish jarayonini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi va hududda yangi loyihalarning faol ishlashiga poydevor yaratadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech