Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” sanoat zonasida o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi
Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” sanoat zonasida viloyat prokuraturasi hamda Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi mas’ullari tomonidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish ishlari borishi, belgilangan tartibda ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi hamda amaldagi qonunchilik va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarini belgilangan me’yorlar asosida tashkil etish hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tadbirkorlarga zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarning qonuniyligi, sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.