Jomboy tumanida yangi investitsion loyihalar ishga tushirildi

31-Mart, 2026-yil

 

 

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Dehqonobod” kichik sanoat zonasida yangi umumiy qiymati 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

 

Mazkur loyiha doirasida “UNIVERSAL SERVICES 7777” MCHJ hamda “GOLDEN KONTEYNER” MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash yo‘nalishida zamonaviy ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Loyiha doirasida foydalanilayotgan barcha zamonaviy texnologik uskunalar Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonining samaradorligi va mahsulot sifatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Ushbu loyiha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulotlarni zamonaviy talablar asosida qayta ishlash hamda qadoqlash hajmini oshirishga qaratilgan.

 

Shuningdek, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlashga muhim hissa qo’shadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech