Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi

21-Aprel, 2026-yil

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PQ–145-son qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilandi.

 

Mazkur qaror bilan hududda mashinasozlik klasterini shakllantirish, 2030-yilga qadar tarmoq ulushini viloyat sanoatida 15 foizga, qo‘shilgan qiymat ulushini esa 40 foizga yetkazish asosiy maqsad etib belgilangan.

 

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumani hududida 100 gektar maydonda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etilib, unda yiliga 10 ming dona tijorat transport vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur zonada N, M2, M3, O va L toifadagi transport vositalari hamda ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyat yuritadi.

 

Sanoat zonasi faoliyati “Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan boshqariladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech