Pastdarg‘om tumanidagi “Kimyogarlar-2” kichik sanoat zonasida o’rganish olib borildi
Samarqand viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuxrat Narbayev Pastdarg‘om tumanidagi “Kimyogarlar-2” kichik sanoat zonasi hududida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.
Tashrif doirasida hududning bugungi holati, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o’tkazildi.
O’rganishlar davomida, KSZ hududidagi yer maydonlarining past-baland joylarini zarur sathga keltirish, bosh reja asosida ichki yo‘llarni ochish hamda hududda amalga oshiriladigan loyihalar uchun qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o’rganildi.