Yangiliklar

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi illat

 

Korrupsiya jamiyat rivoji, adolat va qonun ustuvorligiga jiddiy zarar yetkazadi. U iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi va teng imkoniyatlar tamoyiliga putur yetkazadi.

 

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish orqali biz sog‘lom va adolatli jamiyat barpo etishimiz mumkin.

 

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik — kelajagimiz o‘z qo‘limizda!

6-Yanvar, 2026-yil

Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

Narpay tumanida yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Narpay tumani “Baxt” kichik sanoat zonasi hududida “GREEN AKTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Onlayn-auksion savdolari orqali yutib olingan yer maydonida qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur kichik sanoat zonasi sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan to‘liq muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan ta’minlangan.

 

Mazkur loyiha doirasida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Korxona to‘liq ishga tushirilgach, 300 nafarga yaqin doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Loyihaning amalga oshirilishi hudud sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ichki bozorni sifatli mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.

5-Yanvar, 2026-yil

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi

Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari uchun census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi.

 

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Seminar jarayonida Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan census.stat.uz portalidan foydalanish tartibi va qoidalari, ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari hamda portal orqali ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 

Mazkur seminar xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida faol ishtirok etishiga xizmat qiladi.

25-Dekabr, 2025-yil

Xalqobod kichik sanoat zonasida gaz tarmog‘ini ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda

Payariq tumanidagi Xalqobod kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan murojaat qilinishi natijasida, qurilish ishlarini boshlashga to‘sqinlik qilayotgan gaz tarmog‘ini ko‘chirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Mazkur gaz tarmog‘i ayrim loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari qurilishiga xalal berayotganligi sababli, belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga xizmat qiladi.

 

Xalqobod kichik sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

24-Dekabr, 2025-yil

Xalqobod kichik sanoat zonasida yangi loyiha kengaytirilmoqda

 

Payariq tumanidagi Xalqobod kichik sanoat zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Silver Green Tea” oilaviy korxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash loyihasi doirasida qo‘shimcha bino qurilish ishlari boshlandi.

 

Mazkur loyiha korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish, mahsulotlarni zamonaviy talablar asosida qayta ishlash va qadoqlash hajmini oshirishga qaratilgan. Qo‘shimcha bino foydalanishga topshirilishi natijasida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, shuningdek, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

 

Xalqobod kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha hududning sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

23-Dekabr, 2025-yil

Samarqand shahrida qadoqlash materiallari ishlab chiqarish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda

Samarqand shahri “Vaksina” IICHB kichik sanoat zonasi hududida joylashgan “GOLDEN CAKE GROUP” QK tomonidan gofrakarton va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish loyihasi izchil faoliyat yuritmoqda.

 

Mazkur loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari yo‘lga qo‘yilib, 150 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Korxona faoliyati natijasida ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorlarga ham mahsulot yetkazib berilmoqda.

 

Xususan, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida ushbu korxona tomonidan jami 311,9 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich korxonaning eksport salohiyati va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotganidan dalolat beradi.

 

Mazkur loyiha kichik sanoat zonasida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

19-Dekabr, 2025-yil

Pastdarg‘om tumanida eksport salohiyatiga ega korxona faoliyati o‘rganildi

 

Pastdarg‘om tumani “Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasida joylashgan “NEXT FORUM UZ” MChJ tomonidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur korxonada hozirda 80 ta ishchi o‘rni yaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilishi bilan bir qatorda Qozog‘iston va Turkiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

 

Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori tomonidan korxona faoliyati bilan tanishilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi. O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

 

Korxona faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va eksport hajmini oshirish borasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar ko‘rish rejalashtirilmoqda.

18-Dekabr, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech