📌Samarqand tumani “Oxalik” MFY hududida joylashgan yoshlar sanoat zonasi tadbirkorlari tomonidan elektr tizimidagi uzilishlar to’g’risida “Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi”ga murojaat kelib tushdi.
✅Ushbu murojaatning ijrosi yuzasidan tashkiliy masalalar, monitoring va taxlil sektori mudiri I.Berdiyorov hamda tuman elektr tarmoqlari mas’ullari bilan joyida o’rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli ishlar olib borildi.
✅Samarqand viloyat kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi monitoring taxlil sektori mudiri I.Berdiyorov, viloyat prokuraturasi bo’lim prokurori A.Turumov bilan birgalikda Payariq tumani “Xalqobod” kichik sanoat zonasining hozirgi kundagi holati yuzasidan o’rganish olib borildi.
❇️O’rganishlar davomida “Xalqobod” kichik sanoat zonasida ishga tushgan loyihalar bilan tanishilib, qurilish ishlarini davom ettirayotgan tashabbuskorlarga loyihani o’z vaqtida ishga tushirilishi bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
🖌Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo'yicha yagona direksiyasining monitoring va taxlil sektori mudiri I.Berdiyorov, Kattaqo’rg’on tumaniga mas’ul xodimi O.Ergashev hamda tuman hokimligining mas’ullari birgalikda “Alijon” kichik sanoat zonasida bo’lishdi.
📌Mazkur kichik sanoat zonasida faoliyatini yo’lga qo’yayotgan KSZ ishtirokchilarining muammo va takliflari yechimi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
✅Samarqand viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i A.Vaxabov, Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi taxlil sektori mudiri I.Berdiyorov hamda Urgut tuman hokimligining tegishli mas’ullari bilan birgalikda Urgut tumanidagi kichik sanoat zonalarida o’rganish ishlari olib borildi.
📌Shuningdek, kichik sanoat zonalaridagi mavjud muammo va takliflar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
📌Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov, kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi mas’ullari hamda mas’ul idora vakillari bilan birgalikda tumandagi "Yangiariq Kichik sanoat zonasi"da faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi.
Jumladan, “ORIENTAL BUZINESS STILL” XK tomonidan politilen truba va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, “SHERZOD FRUITS BOX” MCHJ gofra karton ishlab chiqarishni tashkil etish, “MAROCAN MOSAIC” MCHJ tomonidan tarixiy obidalarni ta'mirlash va mozayka mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda "PRAKTIK SAMARKAND" MCHJ QKning elektron chiqindilar utilizatsiyasi loyihasi doirasidagi muammolarini hal etilishi nazoratga olindi.
🔷Samarqand viloyat prokuraturasi tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo’limi boshlig’i A.Vaxobov bo’lim prokurori O’.Xoshimov hamda Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi xodimlari bilan birgalikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” yuzasidan uchrashuv o’tkazildi.
🔹Uchrashuvda, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, ushbu turdagi jinoyatlarning oqibatlari xususida to’xtalib o’tilib, bu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari to’g’risida hamda ushbu huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
✅Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Vaxabov, viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasi rahbari A.Qamarov Bulung’ur tumanida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalaridagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, tuman hokimligi Investitsiya bo'limi, tuman Prokuraturasi, tuman MIB, tuman Kadastrlar palatasi mas’ullari bilan birgalikda “G‘o‘bdin” mahallasi hududida tashkil etilayotgan “G‘o‘bdin” kichik sanoat zonasida bo‘lishdi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar bilan tanishdi va loyihalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilib, muammolarni hal etish belgilab olindi.