Yangiliklar

Nurobod tumanidagi sanoat zonalari ishtirokchilari muammolari o'rganildi.

Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori A.Qamarov tegishli mas'ullar bilan birgalikda Nurobod tumanidagi sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar holatini o‘rganish va ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlar muammolarini yechish maqsadida joyiga chiqqan holda o'rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
 

13-Avgust, 2025-yil

Urgut tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o’rganildi.

Samarkand viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Vaxabov, viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tashkiliy masalalar, monitoring tahlil sektori mudiri I.Berdiyorov tomonidan Urgut tumanidagi "Sariqtepa" kichik sanoat zonasi ishtirokchilari bilan joyiga chiqqan holda o'rganish ishlari olib borildi.

Xususan,Urgut tuman hokimligining tegishli mas’ullari bilan birgalikda  "Sariqtepa" kichik sanoat zonasida

 -loyihalarning bajarilishi,

-bugungi kundagi holati,

-mavjud muammolar va takliflar,

 joyiga chiqqan holda o’rganildi.

Shuningdek, kichik sanoat zonasi ishtirokchilarining muammo va takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda tegishli vazifalar belgilanib olindi.

13-Avgust, 2025-yil

Kichik sanoat zonalaridagi yerlarni sotib oling!

Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 107 dan ortiq Kichik sanoat zonalaridagi yerlarni sotib oling! 

- Bulung`ur tumanidan 8 ta 
- Jomboy tumanidan 10 ta 
- Narpay tumanidan 3 ta
- Payariq tumanidan 35 ta 
- Paxtachi tumanidan 11 ta 
- Samarqand tumanidan 20 ta 
- Nurobod tumanidan 6 ta 
- Urgut tumanidan 14 ta 

e-auksion.uz video 

Kichik sanoat zonasiga qadar barcha kerakli kommunikatsiyalar olib kelinadi.

Batafsil KSZ vakili:  (94) 533-31-92 
"E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 
 

28-Iyul, 2025-yil

🎙Kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilari uchun seminar tashkil etildi.

🔷O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 31-maydagi 08-828-son topshirig’i ijrosi bo’yicha “Sanoat zonalarida joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida” kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilari uchun seminar tashkil etildi. 
🔹Mazkur seminarda O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining yer uchastkalarini xususiylashtirish bo’limi bosh mutaxassisi N.Najmitdinov, Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi direktori A.Qamarov hamda xususiylashtirishga mas’ul bo’lgan tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan KSZ va YoSTZ ishtirokchilariga xususiylashtirish tartibi to’g’risida ma’lumotlar berildi.

20-Iyun, 2025-yil

📌Qo’shrabot tumanida monitoring ishlari olib borilmoqda.

❇️“Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi” bosh mutaxassisi S.Xolboyev, direksiyaning Qo'shrabot tumaniga mas'ul xodimi J.Odilov hamda tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Qo’shrabot tumanida joylashgan kichik sanoat zonalarida:

🔹loyihalarning bajarilishi,

🔹bugungi kundagi holati,

🔹mavjud muammolar va takliflar,

 joyiga chiqqan holda o’rganildi.

✅Shuningdek, kichik sanoat zonasi ishtirokchilarining muammo va takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda tegishli vazifalar belgilanib olindi.
 

Ma’lumot uchun: Qo’shrabot tumanida hozirgi kunda 3 ta kichik va 1 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari mavjud.

17-Iyun, 2025-yil

📌Tayloq tumanida joylashgan kichik sanoat zonasining bugungi kundagi holati o’rganildi.

❇️Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi rahbari A.Qamarov, tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda “Davlatobod” kichik sanoat zonasining bugungi kundagi holati yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.

✅Shuningdek, kichik sanoat zonasi ishtirokchilarining muammo va takliflari tinglanib, yechimi yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda tegishli vazifalar belgilanib olindi.

14-Iyun, 2025-yil

📌Hududlarda tashkil etilgan kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bugungi kundagi faoliyati o’rganilmoqda.

❇️Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona direksiyasi direktori A.Qamarov, viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’i A.Vaxabov hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan Bulung’ur tumanidagi “Kildon”, “Qo’ng’irot”, “G’o’bdin”, “Amir Temur” kichik sanoat zonalari hamda “Amir Temur” yoshlar sanoat zonasida joylashgan loyihalarning bugungi kundagi holati yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.

✅O’rganish jarayonida aniqlangan muammo va takliflar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
 

15-May, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech