Yangiliklar

Sanoat zonalarida korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda.

Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM direktori Dilshod Xabibullayev Jomboy tumanidagi sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Xususan, tumanga tashrif davomida “Maroqand Meva-Sabzavot” hamda “Golden Colors” korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishdi.

Shuningdek, korxonalardagi muammo va takliflar o‘rganilib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

18-Noyabr, 2025-yil

“Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasi.

Pastdarg‘om tumani, “Qorag‘uppa” kichik sanoat zonasida joylashgan “NextFormUz” MCHJ ning mebel ishlab chiqarish va realizatsiya qilish loyihasi.

“NextFormUz” MCHJ zamonaviy texnologiyalar asosida turli xil mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona ichki bozordagi ehtiyojni qondirish bilan birga, eksport yo‘nalishlarini ham faol rivojlantirmoqda.

Eksport bozorlari:

- Qozog‘iston
- Qirg‘iziston
- (Rejalashtirilgan): Turkiya

Bugungi kunda korxonada 40–50 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahalliy aholi bandligiga hissa qo‘shib kelmoqda.
 

18-Noyabr, 2025-yil

O'rganish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM direktori D.Xabibullayev hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil etilgan kichik sanoat zonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mazkur hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlarning mavjud muammolari va takliflari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, direksiya rahbari D.Xabibullayev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi sanoat zonalari faoliyatini ham o‘rgandi. 

Tashrif jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, mavjud imkoniyatlari hamda yaqin istiqboldagi rejalariga alohida e’tibor qaratildi.

14-Noyabr, 2025-yil

Jomboy tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati o'rganildi

Jomboy tumani hokimi o'rinbosari J.Qodirov hamda sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi mas’ul mutaxassislari bilan birgalikda Qoramo‘yin mahallasida tashkil qilingan “Samarqand golden colors” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o’rganildi.

Mazkur korxona polietilen va polimer mahsulotlar uchun har-xil turdagi bo‘yoq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi.

Korxona uchun tadbirkorning o‘z mablag‘i hisobidan 1 million dollar miqdorida invetsitsiya kiritilgan bo‘lib, hozirda 30 nafar xodim doimiy ish bilan band. 

Uskunalar Xitoydan olib kelingan bo’lib, bo‘yoqlar uchun xomashyo Eron va Hindistondan keltirilmoqda. 

Ayni damda tayyor mahsulot ichki bozorga yetkazib berilmoqda va kelgusida eksportga yo’naltirish bo’yicha xalqaro bozorlar o’rganilmoqda.

13-Noyabr, 2025-yil

Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi DM ga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Xabibullayev Dilshod Ismailovich Samarqand  viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori etib tayinlandi.

 

Tayinlovga qadar D. Xabibullayev Samarqand shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

10-Noyabr, 2025-yil

Hududlarda ishchi guruh tomonidan o’rganishlar olib borilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Sanoatni rivojlantirish bo’limi, Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamda mas’ul mutasaddilardan iborat ishchi guruh tomonidan Kattaqo’rg’on shahrida joylashgan kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini va sanoat korxonalaridagi muammolarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.

25-Sentabr, 2025-yil

Nurobod tumanidagi sanoat zonalari ishtirokchilari muammolari o'rganildi.

Samarqand viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori A.Qamarov tegishli mas'ullar bilan birgalikda Nurobod tumanidagi sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar holatini o‘rganish va ularni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda tadbirkorlar muammolarini yechish maqsadida joyiga chiqqan holda o'rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
 

13-Avgust, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech