Nurobod tumanida joylashgan sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar Direksiya direktori D. Xabibullayev tomonidan o‘rganildi. Tashrif davomida faoliyati to‘xtab qolgan, qurilish jarayonlari boshlangan hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar holati batafsil ko‘zdan kechirildi.
Direktor har bir loyiha bo‘yicha tadbirkorlar bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kechikish sabablari va texnik-texnologik talablar bo‘yicha takliflarni tingladi.
Uchrashuv davomida ishlab chiqarishni jadallashtirish, infratuzilma bilan ta’minlash, zarur hujjatlar va ruxsatnomalar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan ham topshiriqlar berildi. Mazkur o‘rganishlar sanoat zonalarida loyihalarning barqaror amalga oshirilishini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Payariq tumanida sanoat hududlarini energiya resurslari bilan ta’minlash maqsadida yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, “Xalqobod” sanoat zonasiga 30 kilometr uzunlikda tabiiy gaz tarmog‘i qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha uchun 5,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirda qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Loyihaning amalga oshirilishi “Xalqobod” kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushishi, korxonalar faoliyatining kengayishi va hudud iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi direktori D. Xabibullayev Jomboy hamda Bulung‘ur tumanlaridagi kichik va yoshlar sanoat zonalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sanoat zonalaridagi mavjud holat, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jarayonlari, shuningdek, bir qator yechilishi zarur bo‘lgan masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Direksiya rahbari har bir masalani alohida ko‘rib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab turgan korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ishga tushmay qolgan loyihalarni faollashtirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Uchrashuv yakunida sanoat zonalarida samarali faoliyat yuritish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Jomboy tumani “Naymantepa” kichik sanoat zonasida tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududda tadbirkorlar tomonidan yer maydonlari tekislanib, kelgusida quriladigan ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur poydevor tayyorlanmoqda.
Tadbirkorlarning faol tashabbusi bilan ushbu tayyorgarlik ishlari sanoat zonasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga mustahkam asos bo‘ladi.
Mazkur sharoitlar tuman iqtisodiyotining o‘sishiga, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga hamda investorlar uchun qulay muhit shakllanishiga xizmat qiladi.
Payariq tuman hokimligida sanoat zonalarida mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish, tadbirkorlarga yaqindan ko‘mak berish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari J. Urakov, sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori D. Xabibullayev, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
Kun tartibidan kichik va yoshlar sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar duch kelayotgan turli masalalarni aniqlash, ularni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha taklif va choralarni ishlab chiqish o‘rin oldi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolar tinglandi va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida sanoat zonalarida ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qulaylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Samarqand viloyati hokimining sanoat bo‘yicha maslahatchisi J. Urakov, “Samarqand viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” direktori D. Xabibullayev hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Tayloq tumanidagi sanoat zonalarida joylashgan loyihalar holatini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida loyiha egalari bilan muloqot o‘tkazilib, har bir loyiha bo‘yicha bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan sust borayotgan loyihalarga aniq topshiriqlar berilib, ularni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha qat’iy muddatlar belgilandi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi — sanoat zonalarida investorlar faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonini tezlashtirishdan iborat.
Mazkur loyiha tadbirkorlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Loyihani amalga oshirish uchun 1,1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ichimlik suv tarmog‘i barpo etildi. Qurilish doirasida 1,2 kilometr uzunlikdagi yangi suv tarmog‘i tortilib, hududdagi korxonalar uchun barqaror suv ta’minoti yaratildi.
Yangi inshootning ishga tushirilishi "Qoldivoyjar" kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, yangi loyihalar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.